Kontent qismiga oʻtish

Oleksandr Aliyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oleksandr Aliyev
Aliyev 2014-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Oleksandr Oleksandrovych Aliyev
Tavallud sanasi 3-fevral 1985-yil (1985-02-03) (39 yosh)
Tavallud joyi Khabarovsk, Sovet Ittifoqi, (Hozir Rossiya)
Boʻyi 1.73 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
SKA Khabarovsk
1998—1999 Spartak Moscow
1999—2001 Dynamo Kyiv
2000—2001 Obukhiv
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2001—2002 Borysfen-2 Boryspil 10 (4)
2002—2010 Dynamo Kyiv 51 (17)
2002—2008Dynamo-2 Kyiv 99 (53)
2005—2006Metalurh Zaporizhzhia (ijara) 8 (1)
2010—2011 Lokomotiv Moscow 25 (14)
2011—2013 Dynamo Kyiv 35 (7)
2012—2013Dnipro Dnipropetrovsk (ijara) 12 (2)
2014—2015 Anzhi Makhachkala 22 (3)
2015 Rukh Vynnyky (havaskor) 23 (11)
2016 Katanzaro Kyiv (havaskor)
Milliy terma jamoa
2001—2002 Ukraina U17 8 (5)
2003—2006 Ukraina U21 30 (8)
2008—2012 Ukraina 28 (6)
Boshqargan klublari
2018 Khmelnytskyi (havaskor) (oʻyinchi-murabbiy)
2018 Meliorator Bucha (havaskor) (oʻyinchi-murabbiy)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Oleksandr Oleksandrovich Aliyev (talaffuzi: Aleksandr Aliyev; 1985-yil 3-fevralda tugʻilgan) — ukrainalik sobiq professional futbolchi[1]. Toʻgʻridan-toʻgʻri jarima zarbalari orqali kiritgan ajoyib gollari bilan tanilgan. Sobiq Dynamo Kyivdagi ustozi Yury Syomin uni „…Yevropaning eng yaxshi jarima zarbalari tepuvchisi“ deb taʼriflagan. 2002-yilda Aliyev 17 yoshu 6 oyligida professional darajada debyut qilgan[2].

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aliyev oʻz faoliyatini „Borisfen-2 da (FK Borysfen Boryspilning ikkinchi jamoasi) boshlagan. 2002-yilda Kyivning „Dynamo“ jamoasiga qoʻshildi. Klubning asosan Dynamo-2 Kyiv jamoasida Ukraina Birinchi ligasida oʻynagan. 2005-yilda Ukraina Premyer-ligasining Metalurh Zaporizhzhia jamoasiga ijaraga berildi. Zaporizhzhia bilan Ukraina kubogi finaliga chiqishga muvaffaq boʻldi.

Lokomotiv Moscow

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aliyev 2010-yilning 1-fevraliga qadar „Dynamo“ da oʻynadi[3]. Oʻsha mavsumning qishki transferlar bozorida „Lokomotiv“ Aliyev bilan 3 yillik shartnoma imzolaganini rasman eʼlon qildi[4].

Anzhi Makhachkala

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilning yanvarida Aliyev 2,5 yillik shartnoma asosida Kyivning Dynamosidan Anzhi klubiga oʻtdi[5]. Aliyev 2013—2014-yilgi mavsum yakunida oʻzaro kelishuvga koʻra „Anzhi“ni tark etdi. Koʻp oʻtmay, „Anzhi“ bilan yana shartnoma imzoladi, 2015-yilning yanvarida yana bir bor oʻzaro kelishuvga koʻra shartnomasi bekor qilindi[6]0

Rukh Vynnyky va havaskorlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilda Aliyev Ukrainaga qaytib, 2015-yilgi Ukraina futbol havaskorlar ligasida sobiq jamoadoshi Maksim Shatskix bilan Rux Vynnyky klubida oʻynadi.

2016-yil iyun oyida, oʻn sakkiz oy professional klubda oʻynamaganidan soʻng, Aliyev Qozogʻiston Premyer-ligasining Taraz klubi bilan shartnoma imzoladi[7]. Aliyev 2016-yil 6-oktabrda shartnoma muddati tugamasdan Tarazni tark etdi[8].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aliyev 2009-yilda Ukraina terma jamoasida.

Aliyev 2005-yilda Gollandiyada boʻlib oʻtgan 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etgan. Beshta gol bilan turnirning eng yaxshi toʻpurarlaridan biri boʻldi. Aliyev 2006-yili 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida Ukrainaning 21 yoshgacha boʻlgan futbol jamoasida ham oʻynab, jamoasi bilan finalga chiqqan. 8 ta gol bilan Ukrainaning 21 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasining hozirgacha eng yaxshi toʻpurari hisoblanadi.

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aliyev Ukrainaning 2017—2018-yilgi futbol havaskorlar ligasining „Khmelnytskyi“ klubiga murabbiylik qilgan[9].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
15-iyul, 2015-yil holatiga koʻra[10][11]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Borysfen Boryspil-2 2001—2002 Ukraina ikkinchi ligasi 10 4 0 0 - - 10 4
Dynamo Kyiv 2002—2003 Vyshcha Liha 2 0 2 0 0 0 0 0 4 0
2003—2004 2 0 1 0 0 0 0 0 3 0
2004—2005 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2005—2006 5 1 3 1 1 0 1 0 10 2
2006—2007 3 0 2 0 1 0 0 0 6 0
2007—2008 10 3 3 1 0 0 1 0 14 4
2008—2009 Ukraina Premyer-ligasi 26 13 1 0 16 4 1 0 44 17
2009—2010 3 0 1 0 1 0 1 0 6 0
Jami 51 17 13 2 19 4 4 0 87 23
Metalurh Zaporizhzhia (ijara) 2005—2006 Vyshcha Liha 8 1 3 1 - - 11 2
Lokomotiv Moscow 2010 Rossiya Premyer-ligasi 25 14 0 0 2 1 - 27 15
Dynamo Kyiv 2010—2011 Ukraina Premyer-ligasi 6 2 2 0 0 0 0 0 8 2
2011—2012 26 5 1 0 9 0 1 0 37 5
2012—2013 3 0 0 0 0 0 0 0 3 0
Jami 35 7 3 0 9 0 1 0 48 7
Dnipro Dnipropetrovsk (ijara) 2012—2013 Rossiya Premyer-ligasi 12 2 1 0 5 2 - 18 4
Anzhi Makhachkala 2013—2014 Rossiya Premyer-ligasi 7 0 0 0 4 1 - 11 1
2014—2015 Rossiya milliy futbol ligasi 15 3 1 0 - - 16 3
Jami 22 3 1 0 4 1 - - 27 4
Taraz 2016 Qozog‘iston Premyer-ligasi 9 1 0 0 - 0 0 9 1
Jami faoliyati 172 49 21 3 39 8 5 0 237 60
15-iyn, 2012-yil holatiga koʻra[10]
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Ukraina 2008-yil 4 0
2009-yil 5 0
2010-yil 8 5
2011-yil 7 1
2012-yil 4 0
Jami 28 6
11-oktyabr, 2011-yil holatiga koʻra[10].
Oleksandr Aliyev tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2010-yil 25-may Xarkov, Ukraina  Litva 1—0 4—0 Doʻstona
2 2—0
3 2010-yil 29-may Lvov, Ukraina  Ruminiya 1—0 3—2 Doʻstona
4 2010-yil 11-avgust Donetsk, Ukraina  Niderlandiya 1—1 1—1 Doʻstona
5 2010-yil 7-sentyabr Kyiv, Ukraina  Chili 2—0 2—1 Doʻstona
6 2011-yil 11-oktyabr Tallin, Estoniya  Estoniya 2—0 2—0 Doʻstona

Dynamo Kyiv

Ukraina U21

  • 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi UEFA chempionati: ikkinchi oʻrin 2006-yil

Individual

  1. Aleksandr Aleksandrovich Aliev: Xochu, chtobi Milevskiy nakones-to jenilsya (ruscha)
  2. Oleksandr Aliyev (Aleksandr Aliev). Dynamomania. 2013
  3. „Александр Алиев: "Остаюсь в "Динамо" (Aliyev: "I remain Dynamo")“ (ru). ua-football.com (2010-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2010-yil 10-yanvar.
  4. „Александр Алиев – игрок "Локомотива" (Oleksandr Aliyev – "Lokomotiv" player)“ (ru). ua-football.com (2010-yil 1-fevral). Qaraldi: 2010-yil 1-fevral.
  5. „Alexander Aliev moves to Anji (VIDEO)“. fc-anji.ru/news/en/. 2018-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-iyul.
  6. „«Анжи» расторг контракт с Алиевым“ (ru). sports.ru. sports.ru (2015-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 16-yanvar.
  7. „РЕСЕЙЛІК ҚОРҒАУШЫ АНТОН ГРИГОРЬЕВ ТАРАЗДЫҢ НАМЫСЫН ҚОРҒАЙДЫ“ (kk). fctaraz.kz. FC Taraz (2016-yil 11-iyun). 2016-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-iyun.
  8. „АЛЕКСАНДР АЛИЕВ "ТАРАЗ" КОМАНДАСЫНАН КЕТТІ“ (kk). fctaraz.kz. FC Taraz (2016-yil 6-oktyabr). 2016-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-oktyabr.
  9. Oleksandr Aliyev was placed in charge of FC Khmelnytskyi (Aleksandr Aliev vozglavil FK Xmelnitskiy). UA-Football. 17 March 2018
  10. 10,0 10,1 10,2 „Oleksandr Aliyev“. National-Football-Teams.com. Qaraldi: 2017-yil 12-dekabr.
  11. „O.Aliyev“. soccerway.com. Soccerway. Qaraldi: 2017-yil 12-dekabr.
  12. „Украина - Статистика игроков - Чемпионат.ру“. 2009-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-fevral.